Module 2: Lesson 6
Level: ILR 0/0+
Topic: Travel
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilning 23 sentyabrdagi qaroriga asosan Andijon, Namangan, Farg'ona, Qarshi va Termiz shaharlaridagi aeroportlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun ochildi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil avgustida esa Navoiydagi aeroportni xalqaro parvozlar uchun ochish to'g'risida qaror qabul qilingan edi. 2012 yil 21 iyundagi qaroriga asosan esa Toshkent, Nukus va Samarqanddagi aeroportlar xalqaro parvozlar uchun ochilgan edi.
Manba: uzreport.uz
Manba: uzreport.uz
ILR 1
O'zbekiston Respublikasi vizasi
ILR 2
O’ZBEKISTON AHOLISI
O'zbekiston Respublikasi aholisi qariyb 30 million million kishi (2013 yil 1 fevral holatiga ko’ra) bo‘lib, shundan shahar aholisi 51% ni tashkil etadi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kv.km. ga 65.8 kishini tashkil qiladi. Aholi soni bo’yicha MDH davlatlari orasida O’zbekiston Respublikasi Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o’rinda turadi. Aholining aksar qismi – qariyb 80% o'zbeklar. O’zbekiston ko’p millatli respublika bo’lib, unda 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Manba: http://www.mfa.uz/uz/ Interactive |
ЎЗБEКИСТОН АҲОЛИСИ
Ўзбекистон Республикаси аҳолиси қарийб 30 миллион миллион киши (2013 йил 1 февраль ҳолатига кўра) бўлиб, шундан шаҳар аҳолиси 51% ни ташкил этади. Аҳолининг ўртача зичлиги 1 кв.км. га 65.8 кишини ташкил қилади. Аҳоли сони бўйича МДҲ давлатлари орасида Ўзбекистон Республикаси Россия ва Украинадан кейин учинчи ўринда туради. Аҳолининг аксар қисми – қарийб 80% ўзбеклар. Ўзбекистон кўп миллатли республика бўлиб, унда 100 дан ортиқ миллат ва элатлар истиқомат қилади. |