Module 3: Lesson 14
Ismlar
Intro text
ILR 0
ILR 1
A
ABBOS (a.)- qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi. ABDULAZIZ (a.) - izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi. ABDULAZIM (a.) - buyuk Allohning bandasi. ABDULVALI (a.) - do’st, madadkor Allohning bandasi. ABDULVAHHOB (a.)- barcha uchun o’z ne’matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi. ABDULVOHID (a.)- bitta, yagona, tanho bo’lgan Allohning bandasi. ABDULJABBOR (a.) - bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi. ABDULJALIL (a.)- barcha jihatdan mukammal va go’zal ulug’ Allohning bandasi. ABDULLATIF (a.)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi. ABDULAHAD (a.)- yakka-yagona bo’lgan Allohning bandasi. ABDULKARIM (a.)- karim qiluvchi, saxovat ko’rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi. ABDULLOH (a.)- Allohning bandasi. ABDULMALIK (a.)- podshoh Allohning bandasi. ABDULFATTOH (a.) - rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi. ABDULXOLIQ (a.)- yaratuvchi Allohning bandasi. ABDULQAHHOR (a.)- barchani bo’yso’ndiruvchi Allohning bandasi. ABDULQODIR (a.)- hamma narsaga qodir bo’lgan, kuch qudrat sohibi Allohning bandasi. ABDULG’AFUR (a.) - bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi. ABDULG’AFFOR (a.) - bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi. ABDULG’ANI (a.)- hech narsaga ehtiyojsiz, boy Allohning bandasi. ABDULHAY (a.)- abadiy tirik Allohning bandasi. ABDULHAMID (a.)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqtovga sazovor bo’lgan Allohning bandasi. ABDULHAKIM (a.) - hikmat va cheksiz bilimlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi. ABDULHAFIZ (a.)- o’z panoxdda saqlovchi Allohning bandasi. ABDURRAZZOQ (a.) - barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.ABDURRAUF (a.)- o’ta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi. ABDURRASHID (a.)- barcha ishlari to’g’ri chiquvchi Allohning bavdasi. ABDURRAHIYM (a.) - rahmli Allohning bandasi. ABDURRAHMON (a.) - o’ta mehribon Allohning bandasi. ABDUSSAMAD (a.)- hojatbaror Allohning bandasi. ABROR (a.)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi. ADOLAT (a.) - odillik. AZAMAT (a.)- ulug’, qudratli. AKBAR (a.)- buyuk, ulug’. AKMAL (a.) - eng yetuk, eng mukammal. AKRAM (a.)- karamli, saxiy ALI (a.)- oliy, eng yuksak. ALISHER (a.-f.t.)- sherdek qudratli, jasur, dovyurak bola. Alidek kuch-qudrat va aql-zakovat egasi bo’lsin. AMIR (a.)- hukm qiluvchi, hukmdor, yo’lboshchi. ANBAR (a.) - yoqimli, xushbo’y, ajoyib hidli. Manba: http://www.uzbaby.uz/ota-ona-bo-limi/biz-tavsiya-qilamiz/541-o-zbek-ismlari-bolaga-ism-tanlash.html |
А
АББОС (а.)- қовоғи солиқ, хўмрайган, жиддий. Баъзи болалар шу ҳолатда туғилади. АБДУЛАЗИЗ (а.) - иззат ва куч-қудрат соҳиби бўлган ғолиб Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛАЗИМ (а.) - буюк Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛВАЛИ (а.) - дўст, мададкор Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛВАҲҲОБ (а.)- барча учун ўз неъматларини текин ато этувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛВОҲИД (а.)- битта, ягона, танҳо бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЖАББОР (а.) - бандаларнинг ишларини ислоҳ қилувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЖАЛИЛ (а.)- барча жиҳатдан мукаммал ва гўзал улуғ Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЛАТИФ (а.)- лутфу эҳсон, чексиз марҳаматлар соҳиби бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛАҲАД (а.)- якка-ягона бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛКАРИМ (а.)- карим қилувчи, саховат кўрсатувчи ва бандаларининг гуноҳларини кечирувчи, авф этувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЛОҲ (а.)- Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛМАЛИК (а.)- подшоҳ Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛФАТТОҲ (а.) - раҳмат хазиналарини очувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛХОЛИҚ (а.)- яратувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҚАҲҲОР (а.)- барчани бўйсўндирувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҚОДИР (а.)- ҳамма нарсага қодир бўлган, куч қудрат соҳиби Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҒАФУР (а.) - бандаларинннг гуноҳларини яшириб, жазо бермай турувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҒАФФОР (а.) - бандаларининг хато ва гуноҳларини кечирувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҒАНИ (а.)- ҳеч нарсага эҳтиёжсиз, бой Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҲАЙ (а.)- абадий тирик Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҲАМИД (а.)- ҳамиша, доимо ҳамду санога, мақтовга сазовор бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҲАКИМ (а.) - ҳикмат ва чексиз билимлар соҳиби бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛҲАФИЗ (а.)- ўз панохдда сақловчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУРРАЗЗОҚ (а.) - барча тирик мавжудодга ризқ берувчи Аллоҳнинг бандаси.АБДУРРАУФ (а.)- ўта меҳрибон, раҳмати кенг Аллоҳнинг бандаси. АБДУРРАШИД (а.)- барча ишлари тўғри чиқувчи Аллоҳнинг бавдаси. АБДУРРАҲИЙМ (а.) - раҳмли Аллоҳнинг бандаси. АБДУРРАҲМОН (а.) - ўта меҳрибон Аллоҳнинг бандаси. АБДУССАМАД (а.)- ҳожатбарор Аллоҳнинг бандаси. АБРОР (а.)- покиза, яхши хулқ-атвор эгаси. АДОЛАТ (а.) - одиллик. АЗАМАТ (а.)- улуғ, қудратли. АКБАР (а.)- буюк, улуғ. АКМАЛ (а.) - энг етук, энг мукаммал. АКРАМ (а.)- карамли, сахий АЛИ (а.)- олий, энг юксак. АЛИШEР (а.-ф.т.)- шердек қудратли, жасур, довюрак бола. Алидек куч-қудрат ва ақл-заковат эгаси бўлсин. АМИР (а.)- ҳукм қилувчи, ҳукмдор, йўлбошчи. АНБАР (а.) - ёқимли, хушбўй, ажойиб ҳидли. |
ILR 2
O‘zbek yigitlarining eng ommabop ismlari reytingi e’lon qilindi
Farzand dunyoga kelgach, har bir ota-ona unga loyiq ism qo‘yish arafasida turadi. Ism – insonning bir umrlik hamrohi. U xoh qiz bolalar, xoh o‘g‘il bolalar ismi bo‘lsin, ham chiroyli, ham ma’noli bo‘lishi kerak. Kimdir noodatiy, kam uchraydigan, yana kimdir esa taniqli va ko‘p qo‘llaniladigan ism qo‘yishni xohlaydi.Factorname nashri O‘zbekistonda eng ommabop ismlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Nashr besh mingga yaqin yoshlarning (17 yoshdan 25 yoshgacha) ismlarini tahlil qilib chiqqanda, 200 dan ortiq turdagi ismlar ma’lum bo‘ldi. Ular ichida “Abdu”, “bek” va “jon” kabi qo‘shimchalar bilangina farqlanuvchi ismlar umumlashtirildi. Masalan, Sardor, Sardorbek, Mirsardor, Sardorjon ismlari Sardor ismi ostida birlashtirildi. Marhamat, eng ommabop o‘g‘il bolalar ismlari 20 taligi bilan tanishing:
Manba: http://daryo.uz/2013/09/09/ozbek-yigitlarining-eng-ommabop-ismlari-reytingi-elon-qilindi/ |
Ўзбек йигитларининг энг оммабоп исмлари рейтинги эълон қилинди
Фарзанд дунёга келгач, ҳар бир ота-она унга лойиқ исм қўйиш арафасида туради. Исм – инсоннинг бир умрлик ҳамроҳи. У хоҳ қиз болалар, хоҳ ўғил болалар исми бўлсин, ҳам чиройли, ҳам маъноли бўлиши керак. Кимдир ноодатий, кам учрайдиган, яна кимдир эса таниқли ва кўп қўлланиладиган исм қўйишни хоҳлайди.Фаcторнаме нашри Ўзбекистонда энг оммабоп исмлар рўйхатини маълум қилди. Нашр беш мингга яқин ёшларнинг (17 ёшдан 25 ёшгача) исмларини таҳлил қилиб чиққанда, 200 дан ортиқ турдаги исмлар маълум бўлди. Улар ичида “Абду”, “бек” ва “жон” каби қўшимчалар билангина фарқланувчи исмлар умумлаштирилди. Масалан, Сардор, Сардорбек, Мирсардор, Сардоржон исмлари Сардор исми остида бирлаштирилди. Марҳамат, энг оммабоп ўғил болалар исмлари 20 талиги билан танишинг:
|
2008 yildagi mashhur bolalar ismlari
Statistikaga ko’ra, o’zbeklar brogan sari ko’proq o’z FARZANDlariga xorijiy kino akterlar, kino qahramonlari nomini bermoqdalar.
O’tgan yili O’zbekistonda 654334 bola tug’ilgan, ulardan 336708 o’g’il bolalar va 317623 qiz bolalardir. Toshkentda tug’ilgan bolalar soni 42940 tani tashkil etadi. ( 2007 yilda esa – 39523), shundan 22238 o’g’il va 20702 qiz bolalardir. FARZANDingizga qanday ism qo'ysangiz ham, keyinchalik bu ism unga taqdir bo'lib bitilishi, har doim unga hamroh bo'lishini unutmang, aziz otalar va onalar. O'z navbatida ism ham inson xarakteri va hayotiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.21 asr gazetasining aniqlashicha, poytaxtda urf bo’lgan bolalar ismlari quyidagicha:
O’g’il bolalar: Abdulla, Abduraxmon, Asilbek, Asfandiyor, Abdulaziz, Biloliddin, Bekzod, Bexruz, Jaxongir, Imron, Ibroxim, Nurmuxammad, Muxammad, Muxammadamin, Muxammadali, Muxammadusuf, Miftoxiddin, Mironshox, Muxammadaziz, Saidamirxon, Shaxboz, Shoxruz, Shaxzodbek, Firdavs, Farxod, Farrux, Bilol, Zelimxon, Zubair, Dovud, Oybek, Umid, Samandar va boshqalar.
Qiz bolalar: Asal, Amina, Anora, Ansora, Yasmina, Robiya, Robiyabonu, Sabina, Sabrina, Samira, Saida, Solixa, Sofiya, Sevinch, Ruxsora, Ruxshona, Muslima, Madina, Maknuna, Muxlisa, Maftuna, Maúsuna, Komila, Kamola, Farangiz, Farzona, Nozanin, Zarina, Zabarjad, Shokira, Shirin, Xadicha, Munisa, Maram, Mubina, Imrona, Nigora, Marjona, Farida, Malika, Feruza, Shaxrizoda, Osiyo va boshqalar.
Shuningdek, ismining so’ngiga «õîn», «bonu», «begim», «zoda», «xo’ja», «bek», «said» va boshqa shu kabi qo’shimchalarni qo’shishmoqda. E’tiborlisi, ko’p ota-onalar FARZANDiga xorijiy serial qahramonlari nomini bermoqda – Esmeralda, Kamilla, Samir, Asadbek, Shohruhhon, Aliya, Amirxon, Rayhon, Juman (serial Jumong).
Boshqa millat vakillari orasida esa Ruslan, Timur, Elena, Aleksandr, David va Shakira kabi ismlar ko’p qo’yilgan. Shuningdek, o’tgan yili oldinlari uchramagan Askol’d va Zlata ismlari ham qo’yilgan.
Manba: http://uzkinozal.com/news/2008_yildagi_mashhur_bolalar_ismlari/2011-01-02-1367